Patent olayotgan xorijiy davlat fuqarolarining ish beruvchilari diqqatiga!
ЗАПИСАТЬСЯ
+7 (347) 286-53-44
450018, РБ, г. Уфа
ул. Сарапульская , д.58
Пн-пт 8:00-18:00
Patent olayotgan xorijiy davlat fuqarolarining ish beruvchilari diqqatiga!

25.07.2002 yildagi "Xorijiy davlat fuqarolarining Rossiya Federatsiyasidagi huquqiy maqomi to'g'risida"gi 115-sonli Federal qonunining 13.3-mod. 7-b.ga muvofiq, patent berilgan kundan boshlab ikki oy ichida xorijiy davlat fuqarosi mehnat faoliyati to'g'risidagi xabarnomani patent bergan ichki ishlar sohasidagi federal ijroiya organining hududiy organiga shaxsan taqdim etishi yoki topshirilgani haqidagi xabarnoma bilan pochta jo’natmasi orqali yuborishi yohud davlat va munitsipal xizmatlari yagona portalidan foydalangan holda elektron hujjat shaklida yuborishi shart.


25.07.2002 yildagi "Xorijiy davlat fuqarolarining Rossiya Federatsiyasidagi huquqiy maqomi to'g'risida"gi 115-sonli Federal qonunining 22-mod. 4-b.ga asosan, ushbu moddaning 7-bandiga muvofiq xabarnoma va mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (xizmatlar ko'rsatish) to'g'risidagi fuqarolik-huquqiy shartnomaning nusxasi taqdim etilmagan taqdirda, ichki ishlar sohasidagi federal ijroiya organining hududiy organi tomonidan xorijiy davlat fuqarosiga patent berilmaydi va qayta rasmiylashtirilmaydi, berilgan patent esa bekor qilinadi.


25.07.2002 yildagi "Xorijiy davlat fuqarolarining Rossiya Federatsiyasidagi huquqiy maqomi to'g'risida"gi 115-sonli Federal qonunining 24-mod.ga muvofiq, xorijiy davlat fuqarosiga patent berish yoki qayta ro'yxatdan o'tkazish rad etilgan yoki unga ilgari berilgan patent bekor qilingan taqdirda, mazkur xorijiy davlat fuqarosi patent berish yoki qayta rasmiylashtirish rad etilgan yoki ilgari berilgan patent bekor qilingan kundan boshlab bir yildan kechiktirmay patent berish to'g'risida qayta ariza berishga haqlidir.


"STM" MCHJ Sizga xorijiy davlat fuqarolari uchun xabarnomalarni tayyorlash bo'yicha xizmatlar ko'rsatish imkoniyati mavjudligi to'g'risida ma’lum qiladi.